Опубликовано 11 дней назад

Mobile developer — Flutter o'qituvchisi в TARGET INTERNATIONAL SCHOOL Ташкент

Building iconв офис
Person iconjunior
Money bag icon8 000 000 – 15 000 000 ₽/мес
Vazifalar:

— Dart tili va Flutter framework'i bo'yicha maktab o'quvchilariga amaliy darslar berish

— O'quv dasturi va bosqichma-bosqich loyiha topshiriqlarini ishlab chiqish

— Har bir o'quvchining shaxsiy mobil ilovasi ustida mentorlik qilish

— Ilovani Play Market'ga chiqarish jarayonida yo'l ko'rsatish

— O'quvchilar kodini review qilish, Git va GitHub bilan ishlashga o'rgatish

— O'quv materiallari tayyorlash: taqdimotlar, kod namunalari, topshiriqlar

— Bilimni muntazam baholash, rahbariyat va ota-onalarga hisobot berish

— Ochiq darslar, hackathon va IT-tanlovlarda o'quvchilarni qo'llab-quvvatlash

Talablar:

— Flutter'da kamida 2 yillik tijorat tajribasi

— Dart tili, Flutter widget'lari, state management (Provider / Bloc / Riverpod)

— REST API va JSON bilan ishlash, Firebase yoki boshqa backend bilan integratsiya

— Ma'lumotlar bazasi bilan ishlash (Firestore, SQLite, Hive)

— Git va GitHub bilan kundalik ishlash

— Play Market yoki App Store'ga chiqarilgan kamida 1 ta ilova — majburiy shart

— Zamonaviy UI/UX va responsive dizayn tamoyillarini tushunish

— Kodni sodda va tushunarli qilib tushuntira olish

— O'zbek va/yoki rus tilida erkin muloqot, texnik ingliz tilini o'qiy olish

— O'smirlar bilan ishlash ko'nikmasi

**Ustunlik beriladi:** dars berish yoki mentorlik tajribasi; Figma bilan ishlash; CI/CD (Codemagic, GitHub Actions) tajribasi; native Android/iOS bilan tanishlik.

Shartlar:

​​​​​​​​​​​​​​

— Rasmiy ish joyi, O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi asosida to'liq rasmiylashtirish

— Ish grafigi: 5/2, dushanbadan jumagacha, 09:00 dan 18:00 gacha; shanba va yakshanba — dam olish kunlari

— Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Nurmakon 1-ko'chasi

— Zamonaviy jihozlangan IT-sinf, texnika va litsenziyali dasturlar bilan ta'minlash

— Tayyor dastur strukturasi va metodik yordam

— Malaka oshirish kurslari va professional rivojlanish imkoniyati

— Xodimlar farzandlari uchun ta'lim bo'yicha imtiyozlar

— Yosh, do'stona va rivojlanayotgan jamoa

Эту вакансию мы нашли в HH.ru
TS

TARGET-INTERNATIONAL SCHOOL

Ташкент

Получить оффер

Похожие вакансии

Это единственная вакансия по вашему фильтру

Не то, что искал?

Автоотклики