Опубликовано 18 июня 2026 г.
FinTech dasturchi / FinTech Developer в Jetso Capital Ташкент
Biz — tez rivojlanayotgan, 7 yildan ortiq tajribaga ega bo'lgan moliya yo'nalishidagi konsalting kompaniyasimiz. Mijozlarimizga sifatli va halol xizmat ko‘rsatamiz, bozorda o‘z o‘rniga egamiz va hatto xalqaro hamkorlarimiz (jumladan, Avstraliyada) ham mavjud. Bizning jamoamiz yosh, do‘stona va energiyaga to‘la!
Hozirgi kunda kompaniyamizda FinTech dasturchi / FinTech Developer lavozimiga vakansiya e'lon qilmoqdamiz !
Asosiy majburiyatlar:
- Moliya sohasi uchun maxsus dasturiy ta'minot, ilova va tizimlarni ishlab chiqish (to'lov tizimlari, moliyaviy hisob-kitob tizimlari, banking/lending platformalar va h.k.)
- Mavjud moliyaviy tizimlarni qo'llab-quvvatlash, yangilash va xatoliklarni bartaraf etish
- Bank, to'lov tizimlari, buxgalteriya dasturlari (1C, SAP va h.k.) bilan API orqali integratsiya qilish
- Ma'lumotlar bazasini loyihalash va optimallashtirish (moliyaviy tranzaksiyalar, hisob-kitoblar uchun)
- Moliyaviy ma'lumotlarning xavfsizligini ta'minlash (shifrlash, autentifikatsiya, ruxsatlarni boshqarish)
- Avtomatlashtirilgan hisobot va dashboard tizimlarini yaratish
- Biznes va moliya bo'limi talablarini texnik yechimga aylantirish
- Kod sifatini ta'minlash: test yozish, code review, dokumentatsiya yuritish
- Yangi moliyaviy texnologiyalar va qonunchilik talablariga (AML, KYC, PCI DSS va h.k.) mos tizimlar yaratishda ishtirok etish
- Loyiha jamoasi bilan (backend, frontend, QA, product manager) hamkorlikda ishlash
Talablar:
Ta'lim va tajriba:
- Oliy ma'lumot (IT, dasturiy injiniring, amaliy matematika yoki shunga yaqin yo'nalish)
- Dasturchi sifatida kamida 2–3 yillik tajriba, moliya/fintech sohasidagi tajriba afzallik hisoblanadi
Texnik ko'nikmalar:
- Backend tillaridan biri: Python, Java, C#, Node.js (loyihaga qarab tanlanadi)
- SQL va ma'lumotlar bazalari (PostgreSQL, MySQL, MS SQL) bilan ishlash tajribasi
- REST API / microservices arxitekturasi bilan tanishlik
- Git va versiyalarni boshqarish tizimlari bilan ishlash
- Xavfsizlik standartlari (shifrlash, OAuth, JWT va h.k.) bo'yicha bilim
- Bulutli platformalar (AWS, Azure, GCP) bilan tajriba — afzallik
- Docker/Kubernetes bilan tanishlik — afzallik
Moliyaviy bilim:
- Moliyaviy tushunchalar (to'lovlar, tranzaksiyalar, hisob-kitob jarayonlari) bilan asosiy tanishlik
- Moliyaviy regulyatsiyalar (AML, KYC, PCI DSS, IFRS) haqida umumiy tasavvur — afzallik
Shaxsiy sifatlar:
- Analitik fikrlash va muammoni hal qilish qobiliyati
- Diqqatlilik va aniqlik (moliyaviy ma'lumotlar bilan ishlashda xato bahosi yuqori)
- Jamoada ishlash va moliyaviy bo'lim bilan samarali muloqot qila olish
- O'rganishga ochiqlik — yangi texnologiya va moliyaviy mahsulotlarni tez o'zlashtirish
Sharoitlar:
- Оylik 6.000.000 so‘m va undan yuqori; (Fix+KPI)
- Bepul tushlik;
- Qulay ish vaqti: 10:00 – 18:00;
- Shaharning markazida joylashgan ofis;
- Do‘stona jamoa va qulay ish muhiti;
- Karyera o‘sishi va rivojlanish imkoniyati.
Эту вакансию мы нашли в HH.ru
JC
Jetso Capital
Ташкент
Похожие вакансии
Это единственная вакансия по вашему фильтру
Не то, что искал?
вакансии джуниор
как откликнуться на вакансию
примеры вакансий junior
вакансии по QA
стажировки по QA